Rossiya Kurskga kirgan italiyalik jurnalistlar ustidan tergov boshladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-08-2024, 18:46
Moskva Ukraina hujum qilayotgan Rossiyaning Kursk viloyatiga noqonuniy kirgan G‘arbning uch nafar harbiy muxbirlariga qarshi jinoiy ish boshladi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) jurnalistlar Simone Treyni va Stefaniya Battistini “Rossiya Federasiyasi Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tganini" ma’lum qildi.

Aytilishicha, Italiyalik bo‘lgan jurnalistlar Ukraina kuchlari hozirda nazorat qilayotgan mintaqadagi Sudja aholi punkti hududida video tasvirga olgan.

Italiyaning RAI jamoat teleradiokompaniyasi chorshanba kuni jurnalistlarning zirhli mashinada, Ukraina askarlari hamrohligida Kursk shahriga ketayotgani va aholi bilan gaplashayotgani aks etgan reportajni efirga uzatdi.

Rossiya juma kuni ruxsat etilmagan hisobotga norozilik bildirish uchun Italiyaning Moskvadagi elchisini chaqirdi. Elchining Moskvaga aytishicha, Italiya tahririyatlari davlatdan mustaqil ravishda ishlaydi.

RAI xavfsizlikni ta’minlash uchun o‘z xodimlarini vataniga qaytarishini aytdi.
Rossiya 2022 yil fevralida Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan buyon mamlakat ichidan xabar tarqatayotgan xorijiy jurnalistlarga qattiq cheklov qo‘ygan.
Bir qancha axborot agentliklari, jumladan, DW`ning Moskvadagi byurolari yopildi va matbuot akkreditasiyasi olib tashlandi. Mamlakatda mustaqil ommaviy axborot vositalari butunlay yo‘q qilindi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati