Inter hujumchisi bo‘yicha takliflarni tinglashga tayyor

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 00:38
"Inter" rahbariyati hujumchi Markus Tyuram bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Fransuz futbolchisi "neradzurrilar" safida ajoyib debyut mavsumini o‘tkazmoqda, ammo uni hozircha daxlsiz deb bo‘lmaydi. FcinterNews xabariga ko‘ra, agar xaridorlar 70 million yevrodan ko‘proq pul to‘lashga tayyor bo‘lsa, "Inter" Tyuram uchun transfer takliflarini kelgusi yozda ko‘rib chiqadi. Hozirda 26 yoshli forvardga da’vogarlar yo‘q, biroq “Inter” uning o‘rnini bosadigan nomzodni allaqachon topib qo‘ygan. Bu "Bolonya"dan Joshua Zirkzee bo‘ladi.

Markus Tyuram joriy mavsumda Simone Indzagi jamoasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati