Taksi bozori: Rasmiy taksi haydovchilari qancha daromad olmoqda?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-08-2024, 15:00

O‘zbekistonda yaqin vaqtgacha «soya»da bo‘lib kelgan taksi xizmati sohasida transformasiya yuz bermoqda. Bugungi kunga qadar Soliq qo‘mitasi iqtisodiyotning ushbu tarmog‘ini legallashtirish bo‘yicha salmoqli natijalarga erishdi.

Aprel oyida 6 ta taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan integrasiya qilingan edi. Bugungi kunda integrasiyani yakunlagan agregatorlar soni 142 tani tashkil etmoqda.

Yil boshidan 15 avgustgacha agregatorlar orqali 166 mlndan ortiq qatnov uchun 3 trln so‘mlik fiskal chek berildi. 1 mart holatiga (18,3 mln qatnov) taqqoslaganda qatnovlar soni 9 barobarga ortgan.

Avval norasmiy ishlab kelgan yarim mln nafardan ortiq fuqaro (576,1 ming) yo‘lovchi tashish sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan 361 ming nafardan ziyodi agregatorlar orqali xizmat ko‘rsatadi, bu mart oyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 2 barobar ko‘p.

To‘lovlarni fiskallashtirish o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilarning daromadlari haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Ularning daromadi quyidagicha taqsimlangan: 125,6 ming nafari 1 mln so‘mgacha; 104 ming nafari – 1-5 mln so‘m; 45,3 ming nafari – 5-10 mln so‘m; 78 ming nafari – 10-50 mln so‘m; 7,6 ming nafari – 50-100 mln so‘m.
171 nafar haydovchining daromadi 100 mln so‘mdan oshgan.
Bu raqamlar norasmiy bandlik va mehnatga haq to‘lashning yashirin shakllarini legallashtirishning natijalarini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Taksi bozorida yashirin aylanmalar ulushini kamaytirish – bu haydovchilar va yo‘lovchilarning huquqlari qonun bilan himoyalangan adolatli va shaffof bozorni yaratish yo‘lidagi muhim qadam.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati