Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Kiyevga harbiy yordamni kamaytirmaslikka chaqirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-08-2024, 14:28

"Evropaning xavfsizligi Germaniyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda yetakchi rol o‘ynashda davom etish qobiliyati va siyosiy irodasiga bog‘liq", — dedi Aleksey Makeev Bild am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida. Bu intervyu kelajakda Berlinning Kiyevga yordami hajmi qisqarishi mumkinligi haqida paydo bo‘lgan ma’lumotlar fonida chop etildi.

Frankfurter Allgemeine Sonntagszeitung gazetasining yozishicha, Berlin kelasi yildan boshlab Kiyevga harbiy yordamni ikki barobar, 2027 yildan boshlab esa o‘n barobar qisqartirishni rejalashtirmoqda. Avvalroq Reuters agentligi Germaniya federal byudjetida 2025 yilgi harbiy yordamga sarflanadigan xarajatlar ikki barobarga — 8 dan 4 milliard yevrogacha qisqartirilishini xabar qilgandi.

AFP nashrining ma’lum qilishicha, Olaf Shols hukumati Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalangan holda olingan pulni Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflamoqchi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati