Atopik dermatitni davolashda dori-darmon terapiyasining o‘zi yetarli emas

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 7
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-08-2024, 12:42

▶️ Ilmira RAZIKOVA, Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori:

???? — Atopik dermatit — chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida ko‘p uchraydigan kasallik. Bu patologiya qizlarda o‘g‘il bolalarga qaraganda 1,5 barobar ko‘proq qayd etilishi aniqlangan.

???? Xastalikni davolashda dori-darmon terapiyasining o‘zi yetarli emas. Avvalo, sog‘lom turmush tarziga qat’iy amal qilish lozim. Ovqatlanish rasioni va teri parvarishi ham bu jarayonda katta ahamiyat kasb etadi.

???? Muolaja sxemasi toshmalarni kamaytirish, bakterial asoratlarning oldini olish, allergenlarga yuqori sezuvchanlikni zaiflashtirishga qaratilgan.

???? Buning uchun shifokor tavsiyasi asosida antigistaminlar, yallig‘lanishga qarshi va antibakterial preparatlar, sedativlar, vitamin hamda mineral komplekslar, allergiyaga qarshi komponentlar qo‘llanilishi mumkin.
???? Qolaversa, kasallik muolajasida parhez terapiyasi hal qiluvchi o‘rin tutadi. Bola taomnomasidan allergiya qo‘zg‘atuvchi mahsulotlarni chiqarish bemorning tezroq sog‘ayishiga xizmat qiladi.
???? O‘z navbatida, atopik dermatitni davolashda intensiv namlovchi yoki yengil qurituvchi ta’sirga ega turli krem va malhamlardan ham faol foydalaniladi.
???? Bu kasallik muolajasida ota-onalarning yordami ham katta rol o‘ynaydi. Masalan, bemor xonasida namlik darajasi kamida 50 foiz bo‘lishi, harorat esa +22 darajadan oshmasligi lozim.
???? Kichkintoylar terisi parvarishida kosmetik vositalardan minimal miqdorda foydalanish tavsiya etiladi. Chunki ular tanada qichishish belgilarini kuchaytirib, terining quruqlashishi yoki aksincha me’yoridan ko‘p namlanishiga sabab bo‘ladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati