Kannavaro Napolini tekinga boshqarishga tayyor

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 09:18
Italiyaning “Napoli” klubining sobiq futbolchisi va 2006 yilgi “Oltin to‘p” sohibi Fabio Kannavaro katta klubga murabbiy bo‘lmoqchi.

Biroq negadir hech kim uni murabbiylikka taklif qilishga shoshilmayapti. Bu safar Kannavaro o‘zining sobiq klubi rahbariyatiga sha’ma qildi - aytishlaricha, u bepul ishlashga ham tayyor.

"Men bu klubni tekinga boshqargan bo‘lardim. "Napoli" uchun muammo shundaki, bu mavsumda murabbiy ishiga juda ko‘p aralashishlar bo‘ldi.

Menga kelsak, odamlar mening Xitoyda to‘plagan tajribamni hurmat qilmasligi achinarli. Men o‘z ustimda ishlayapman va o‘syapman. Men murabbiy bo‘lishni xohlayman", deya Kannavaroning so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati