• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Xalqaro Termiz savdo markaziga tashrif buyuruvchilar uchun 15 kunlik vizasiz rejim joriy qilinadi

Xalqaro Termiz savdo markaziga tashrif buyuruvchilar uchun 15 kunlik vizasiz rejim joriy qilinadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-08-2024, 12:38
O‘zbekiston hukumati delegasiyasining Afg‘onistonga tashrifi doirasida Qobul shahrida ikki mamlakat tadbirkorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Afg‘oniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar Qobul shahrida afg‘onistonlik va o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Afg‘oniston bilan yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirish maqsadida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda ikki mamlakat tadbirkorlari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida so‘z yuritildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 1 oktyabrdan ikki mamlakat o‘rtasida Imtiyozli savdo kelishuvi ishga tushadi.

Ushbu hujjat doirasida kelishilgan 14 xil mahsulotga import bojlari bekor qilinadi va eksportyorlar uchun qulaylik yaratiladi.

Afg‘onistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini yanada oshirish maqsadida fitosanitar ruxsatnoma berish tartibi yengillashtirildi.
1 avgustdan Ayritom-Xayraton chegara posti 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazildi.
Xalqaro Termiz savdo markaziga tashrif buyuruvchilar uchun 15 kunlik vizasiz rejim joriy qilinadi va barcha soliqlardan ozod etiladi.
Afg‘onistonlik tadbirkorlarni mamlakatimizda faol ishlashi uchun ikki davlat o‘rtasida investisiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonda tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan shu va boshqa chora-tadbirlar haqida ham atroflicha ma’lumot berildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati