• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Tibbiyot xodimlarining xorijda malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish tartibi qanday?

Tibbiyot xodimlarining xorijda malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish tartibi qanday?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-08-2024, 10:16
Ma’lumki, sog‘liqni saqlash tizimidagi davlat tibbiyot muassasalari xodimlarining xorijda malakasini oshirish va qayta tayyorlashni davlat tomonidan moliyalashtirish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan tartibga asosan:

Xodimlarni xorijda malaka oshirish (stajirovka o‘tash) va qayta tayyorlash ta’lim dasturlari bo‘yicha yuborish xizmat safariga tenglashtiriladi.

Mutaxassislarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va markazlarida o‘qitishga yuborish uchun sohalar bo‘yicha hududlar kesimida ustuvor yo‘nalishlar o‘rganiladi va amaliyotga tatbiq etilishi zarur bo‘lgan yangi davolash-diagnostika uslublari hamda zamonaviy fan-texnika yutuqlari ro‘yxati tuziladi.

Bu ro‘yxat har yili 15 oktyabrga qadar Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markaziga taqdim etiladi hamda Ishchi organ uni onlayn platformaga 25 oktyabrga qadar joylaydi.

Tanlov haqida vazirlikning rasmiy axborot kanallarida e’lon qilingach, nomzodlar sohalar hamda hududlar kesimida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha tibtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali elektron shakldagi so‘rovnomani to‘ldiradi.
So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
talabgorning ish staji, oliy va o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarida o‘qiganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomalari;
tibbiy yoki farmasevtik ma’lumoti (oliy, o‘rta maxsus, internatura, klinik ordinatura, magistratura, ilmiy daraja, qayta tayyorlash) to‘g‘risidagi diplom (hujjat) va/yoki xorijiy ta’lim tashkilotida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoxud oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (O‘zbekiston Respublikasida tan olinganligi to‘g‘risidagi) ma’lumotlari;
til bilish sertifikati (mavjud bo‘lsa);

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati