Boks. «Great Silk Way-2024»: Kechagi janglardan so‘ng 7 nafar bokschimiz finalga chiqdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 09:06
Kecha Ozarbayjonda bo‘lib o‘tayotgan «Great Silk Way-2024» xalqaro turnirning yarim final bahslari o‘tkazildi. Xabar berganimizdek 12 nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarilishdi. Ularda esa Shahina Ne’matova, Shodiyorjon Meliqo‘ziyev, Sayat Ilyasov, Baxtiyor Asadov va Shavkatjon Boltayev o‘z uchrashuvlarida imkoniyatni boy berib qo‘ydilar va musobaqani bronza medallari bilan yakunladilar. Finalga yo‘l olgan bokschilarimizning natijalari bilan tanishing: -51 kg: Asilbek Jalilov - Alessio Kamiolo (Italiya) 5:0 -54 kg: Xo‘janazar Nortojiyev - Riqi Mustafa (Eron) 5:0 -57 kg: Hudoynazar Fayzov - Sanjay Seidekmatov (Qirg‘iziston) 3:2 -63,5 kg: Abdulloh Ma’daminov - Malik Hasanov (Ozarbayjon) 3:2 -71 kg: Bekzod Hamidov - Dominik Enekes (Vengriya) 5:0 -75 kg: Saidjamshid Jafarov - Kamran Shahsuvarliy (Ozarbayjon)5:0 -75 kg: Javohir Ummataliyev - Mirsharif Kazimzada (Ozarbayjon) (3 raundda g‘alaba) Bugun turnirning final bahslari bo‘lib o‘tadi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati