Siyosiy partiyalar Markaziy saylov komissiyasiga imzo varaqalarini taqdim etdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 3
- Формат: mp4
- Дата релиза: 17-08-2024, 23:46
Siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligi MSKning ekspert guruhlari tomonidan besh kunlik muddatda tekshirib chiqiladi.
Siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etishi va deputatlikka nomzod ko‘rsatishi uchun saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan va o‘zining saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi kamida qirq ming saylovchining imzosini to‘plashi zarur. Qonunchilikka ko‘ra, har bir ma’muriy-hududiy tuzilmadan, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan to‘plangan saylovchilarning imzolari, respublika bo‘yicha to‘planishi lozim bo‘lgan imzolarning ko‘pi bilan sakkiz foizini tashkil etishi lozim.
31 iyul kuni MSK tomonidan Qonunchilik palatasi saylovida siyosiy partiyaning ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash uchun har bir siyosiy partiyaga imzo varaqalari blankalari berildi. Siyosiy partiyalar shu kundan boshlab o‘z partiyasining saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilarning imzolarini to‘plashga kirishdilar.