Toshkentda kafe va Minor metrosi atrofini sichqon bosdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 23:36
Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahridagi «Minor» metro bekati atrofida sichqon yurgani aks etgan video xabar tarqaldi. Holat yuzasidan shahar sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, boshqarmaning Yunusobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgan. Shuningdek, sichqon yurgan hudud atrofida shirinliklar bilan shug‘ullanuvchi kefe mavjudligi sababli hududda zararsizlantirish ishlari amalga oshirilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, shahar ko‘chalarida zararsizlantirish ishlarini tashkil etish tumanlardagi Obodonlashtirish bo‘limlari vazifasiga kiradi. Xususan, tashkilot, muassasa va ko‘p qavatli uylarda zararsizlantirish ishlarini olib borish davlat tasarrufidagi yoki xususiy dezinfeksiya tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma asosida olib borilishi lozim.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati