Surxondaryoda Telegramda noqonuniy diniy ta’lim bergan yigit 15 sutkaga qamaldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 23:14
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida noqonuniy diniy ta’lim berish bilan shug‘ullangan 27 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Markaziy studiya» ko‘rsatuvida xabar berildi.

Qayd etilishicha, yigit 2024 yilning 2 iyulidan boshlab Telegram messenjerida «Qur’on va hatim» nomli guruh tashkil qilib, 300 ming so‘m evaziga 37 kishiga diniy saboq berib kelgan.

Uning mazkur faoliyati huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan ushbu diniy mazmundagi materiallar o‘rganib chiqilgan. Unga nisbatan yuritilgan ish jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahri sudida ko‘rib chiqilgan. Sud majlisida so‘ralgan yigit aybiga to‘liq iqror bo‘lgan.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasiga ko‘ra, ular hech qanday buzg‘unchilik va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi, davlat va konstitusion tizimga qarshi diniy materiallar emasligi aniqlangan.

Biroq sudda yigit Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241-moddasiga asosan diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzgan deb topilgan. Sud hukmi bilan unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati