• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Kamala Xarris yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga 6 ming dollar beruvchi siyosiy dasturini e’lon qildi

Kamala Xarris yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga 6 ming dollar beruvchi siyosiy dasturini e’lon qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 23:06
Vise-prezident Kamala Xarris 16 avgust agressiv-populistik iqtisodiy dasturini e’lon qildi. Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod bo‘lganidan beri u mamlakatni boshqarish bo‘yicha o‘zining ustuvor yo‘nalishlariga oid eng batafsil qarashlari bilan bo‘lishdi, deb yozadi The Washington Post.

Xarrisning Shimoliy Karolinada chiqishidan oldin uning saylovoldi shtabi «Amerika oilalari uchun xarajatlarni kamaytirish»ga qaratilgan o‘ndan ortiq iqtisodiy siyosatni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi — ularning ayrimlari prezident Jo Bayden bergan va’dalardan boshqacha.

Millionlab amerikaliklarning tibbiy xizmat to‘lovlari borasidagi qarzdorligini bekor qilish — eng ko‘zga ko‘ringan takliflardan bo‘ldi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari narxining ko‘tarilishi «birinchi marta» taqiqlanishi, resept bo‘yicha beriladigan dori-darmonlar narxini cheklash, birinchi marta uy-joy xarid qilayotganlarga 25 ming dollar miqdorida subsidiya berish va farzandli bo‘lgan oilalarga 6 ming dollar miqdorida bolalar soliq imtiyozining berilishi kabi takliflar ilgari surildi.

Xarris, shuningdek, muddati 2021 yilda tugagan bolalar soliq imtiyozini tiklashga, imtiyozni har bir bola uchun 2000 dollardan 3000 dollargacha oshirishga chaqirmoqda.

Ushbu takliflar uchun sarflanadigan xarajatlar hozircha noma’lum. Federal byudjet bo‘yicha qo‘mitaning katta vise-prezidenti Mark Goldveynga ko‘ra, aksariyat bolalar uchun 3 ming dollar berishni nazarda tutuvchi Baydenning soliq imtiyozlarini qayta tiklashga hozirgi siyosat bilan taqqoslansa, 1,1 trillion dollar talab etiladi. Xarrisning yangi tug‘ilgan bolalar uchun 6 ming dollar miqdorida qo‘shimcha imtiyoz berishi o‘n yil davomida 100 milliard dollarga tushadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati