Yozuvchi Boris Akunin «chet el agenti» sifatida jarimaga tortildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 22:56
Moskvaning Taganskiy tuman sudi yozuvchi Boris Akuninni (Grigoriy Chxartishvili) «chet el agenti» faoliyati tartibini buzish moddasi bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlikda aybdor deb topdi. Bu haqda 16 avgust, juma kuni Moskva shahar umumiy yurisdiksiya sudlarining Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

«Sud 30 ming rubl (307 yevro) miqdorida ma’muriy jarima ko‘rinishidagi jazo tayinladi», — deyiladi xabarda.

Akunin Rossiya Ichki ishlar vazirligining federal qidiruviga kiritilgan edi, keyinchalik u sirtdan hibsga olingan.

Yozuvchi bir necha bor Rossiya hukumati va shaxsan Rossiya prezidenti Vladimir Putin siyosatini tanqid qilgan hamda Qrimdagi voqealar va Ukrainadagi urushni ochiq qoralagan. 2014 yildan beri Akunin Londonda yashaydi.

Eslatib o‘tamiz, Rosfinmonitoring yozuvchini 2023 yil 18 dekabrda «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga kiritdi. 12 yanvar kuni esa Rossiya Adliya vazirligi Boris Akuninni «chet el agentlari» ro‘yxatiga kiritdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati