• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • AFP: Germaniya kelajakda Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olinadigan daromadlardan foydalanib, Ukrainaga yordam berishni rejalashtirmoqda

AFP: Germaniya kelajakda Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olinadigan daromadlardan foydalanib, Ukrainaga yordam berishni rejalashtirmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 22:36
AFP: Germaniya kelajakda Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olinadigan daromadlardan foydalanib, Ukrainaga yordam berishni rejalashtirmoqda

Agentlikning Bundestagdagi manbasi 2025 yilda Berlin Kiyevga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishni rejalashtirmayotganini tasdiqladi. Shu bilan birga, avvalroq Ukrainaga yordam maqsadida budjetga ajratilgan 4 milliard yevro bundan mustasno bo‘lishi qo‘shimcha qilindi.

Biroq Germaniya hukumati G7 va YEI doirasida Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalangan holda moliyaviy vosita tashkil etishga umid qilmoqda, deb yozadi AFP.

Avvalroq Frankfurter Allgemeine Sonntagszeitung nashri manbalariga tayanib, Kiyev uchun yangi to‘lovlarni muzlatish allaqachon kuchga kirgani va yaqinda shu sababli Ukraina uchun mo‘ljallangan IRIS-T havo mudofaa tizimini moliyalashtirishning imkoni bo‘lmagani haqida xabar bergan edi.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin bir qator davlatlar Rossiya Markaziy bankining 300 milliard dollarga yaqin mablag‘larini muzlatib qo‘ygan, bu mablag‘larning asosiy qismi YEI davlatlatlarida saqlanadi. Huquqiy nuqtai nazardan, bu mablag‘lardan olinadigan daromadlar Ukrainaga harbiy yordamni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkinligi hali tasdiqlanmagan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati