Fuqaroning ijtimoiy huquqlari masalasidagi murojaati ijobiy hal etildi - Ombudsman

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 22:12

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Namangan viloyatining Chust tumanida yashovchi fuqaro M.N. nogironligi bor ikki nafar opasining ijtimoiy huquqlarining taminlanishida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaat nazoratga olinib, uni joyiga chiqqan holda o‘rganish uchun Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakiliga yo‘naltirildi.

Murojaat mintaqaviy vakil, O‘zbekiston Respublikasi Nogironlar assosiasiyasi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mas’ul vakillari bilan birgalikda joyiga chiqib o‘rganildi.

Natijada fuqaro M.N.ning 2-guruh nogironligi bo‘lgan opasi malakali shifokorlar tomonidan qayta tibbiy-mehnat ekspertizasidan o‘tkazilib, unga 1-guruh nogironligi belgilandi. Shuningdek, murojaatchining yashash joyida ta’mirlash ishlarini olib borish uchun homiylar biriktirildi.

Ma’lumot uchun: 2023 yilda Ombudsmanga nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklari bo‘yicha 133 ta murojaat kelib tushgan. Ularda nogironlik guruhini belgilash, uni qayta ko‘rib chiqish, moddiy yordam ko‘rsatish hamda ijtimoiy imtiyozlar tatbiq etish masalalari ko‘tarilgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati