• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Serial suratga olmoqchi bo‘lgan shaxsdan 20 ming dollar olgan “uddaburon” qo‘lga olindi — DXX

Serial suratga olmoqchi bo‘lgan shaxsdan 20 ming dollar olgan “uddaburon” qo‘lga olindi — DXX

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 21:16
DXX hamda Bosh Prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda Toshkent shahrida yashovchi fuqaro o‘zini go‘yoki “O‘zbekfilm” unitar korxonasida mas’ul lavozimda ishlovchi shaxs sifatida tanishtirgani aniqlandi. U Toshkent viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasidagi mahkuma ayol hayotiga bag‘ishlangan ko‘p qismli serialni suratga olish uchun ruxsat olib berish evaziga 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJga qarashli Janubiy kon boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Qo‘shrabot tumanida yashovchi 2 nafar fuqaroni ushbu kon boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, mazkur shaxs 2023 yilning sentyabr oyida “Zarmitan” koniga ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, Qo‘shrabot tumanida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqarodan jami 9 ming AQSh dollari olgan va o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati