Isroil Livan janubiga zarba berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 21:12
Isroil Livan janubidagi Nabatiya shahriga zarba berdi. Natijada 10 ga yaqin odam halok bo‘ldi, ulardan 2 nafari bola, yana 5 nafari yaralandi. Bu haqda Livan davlat axborot agentligiga tayanib Reuters xabar berdi.

Unga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi Suriya fuqarolari bo‘lgan. Ushbu xabarlarning mustaqil tasdiqlanishi yo‘q.

Aytilishicha, halok bo‘lganlarning aniq soni qurbonlarning shaxsini aniqlash uchun DNK tahlillari o‘tkazilgandan so‘ng e’lon qilinadi.

Isroil harbiylarining ma’lum qilishicha, havo hujumi «Hizbulloh» radikal islomiy guruhi qo‘llagan qurol-yarog‘ omborini nishonga olgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati