Pastdarg‘omlik yoshlarga 742 gektar yer beriladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 06:42
Boshqarma boshlig‘i tumandagi yosh tadbirkor va hunarmandlarning mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishib, ular bilan suhbatlashdi, faoliyati bilan qiziqdi.

Shundan so‘ng 100 nafardan ortiq pastdarg‘omlik yosh ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish, yer ajratish, sport bilan shug‘ullanish uchun sharoit yaratish, kitobxonlik va kompyuter savodxonligi masalalari yuzasidan boshqarma boshlig‘iga murojaat qildi.

Jumladan, Oqoltin mahallasidagi 51-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Dilshoda Isroilova mahallada sportga qiziquvchilar ko‘pligini aytib, bir qator sport to‘garaklari tashkil etgani, ammo mahallada sport zali yo‘qligini qayd etib, ushba masalada yordam so‘radi. Boshqarma boshlig‘i bu masalada hokimlik va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda sport zal qurishga ko‘mak berilishini bildirdi.

Mehnat mahallasida yashovchi Fathulla Nurmonov esa o‘tgan yili dehqonchilik qilib, daromad topishi uchun 30 sotix yer maydoni ajratilgani va 10 nafargacha mavsumiy ishchi bilan ishlaganini bildirib, yana yer berilsa, faoliyatini kengaytirishini aytdi. Buning uchun hatto yaqinda Germaniyada malaka oshirib kelganini bildirdi. Uning bu taklifini mas’ullar o‘rganib, tegishli tartibda yordam berilishini aytishdi.

Uchrashuvda ko‘pchilik yoshlar yer ajratish masalasida murojaat qilgani bois, tuman hokimligi mas’ullari joriy yilda Pastdarg‘omda dehqon xo‘jaligi tashkil qilib, faoliyat ko‘rsatish uchun yoshlarga tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilgan 742 gektar yer maydoni bo‘lib berilishini ma’lum qilishdi.

Ushbu yer maydoni sektorlar bo‘yicha tumandagi 107 mahalladagi ishsiz va yerdan unumli foydalanish istagini bildirgan tashabbuskor yoshlarga ajratiladi.
Uchrashuv davomida bildirilgan taklif va murojaatlarning aksariyati joyida hal qilindi, yechimi vaqt talab qiladiganlari bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati