Natijasidan norozi abituriyentlar uchun apellyasiya sanalari ma’lum qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 20:26
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellyasiya arizalarini qabul qilish boshlanadi. Abituriyentlar 18-27 avgust davomida Bilimlarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn ariza berishlari mumkin.

Agentlikka ko‘ra, abituriyent apellyasiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. Apellyasiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Shuningdek, abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak. Apellyasiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024 yil 22 avgustdan boshlanadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati