Rustam Minnixanov: “Surxondaryoga safarim taassurotlarga boy bo‘ldi”

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 06:40
Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov va Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov ishtirokida ikki hudud delegasiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida Ulug‘bek Qosimov va Rustam Minnixanov muborak Ramazon oyi bilan barchani samimiy tabrikladi. Mehmon ko‘rsatilgan hurmat-izzat uchun Surxondaryo viloyati rahbariga chuqur minnatdorlik bildirib, qadimiy hududning boy tarixidan katta taassurot olganini alohida ta’kidladi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov vohaning iqtisodiy-ijtimoiy, investisiviy jozibadorligi hususida atroflicha ma’lumot berib, ikki tomonlama o‘zaro manfaatli qator takliflarni ilgari surdi. Neft mahsulotlarini qayta ishlash, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi, innovasion texnologiyalar, chorvachilik, ta’lim kabi sohalarda hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Surxondaryo viloyati va Tatariston Respublikasining o‘zaro hamkorlik, do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash uchun hududlarning madaniyat kunlarini tashkil etish, bayramlarda delegasiyalar ishtirokini ta’minlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati