Kursk maxfiy muzokaralarni buzdimi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 20:14

Rossiya va Ukraina shu oy Qatar poytaxti Dohada yashirin tinchlik muzokaralarini o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Biroq bu rejalar Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi harbiy amaliyoti tufayli buzildi. Bu haqda diplomatik manbalarga tayanib The Washington Post xabar berdi.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, muzokaralarda ikki oy ichida mojaroga barham berish bo‘yicha keng qamrovli kelishuvni muhokama qilish va energiya ob’ektlariga hujumlardan o‘zaro voz kechish bo‘yicha kelishib olish rejalashtirilgan.

Ukraina prezidenti ma’muriyati WP nashriga Dohada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan sammit faktini tasdiqladi, ammo u «Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli» qoldirilganini ma’lum qildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati