Kamala Harris AQShda o‘rta sinf aholi uchun soliqlarni kamaytirishga va’da berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 20:06
Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Harris amerikaliklarga saylovda g‘alaba qozongan taqdirda mamlakatda turmush narxini pasaytirishga va’da berdi. Harris o‘zining iqtisodiy siyosatida o‘rta sinf aholisi va ularning iqtisodiy xavfsizligi, barqarorligi va qadr-qimmatiga e’tibor qaratmoqchi ekanini qayd etdi.

"Amerika Qo‘shma Shtatlari iqtisodiyoti dunyodagi eng kuchli iqtisodiyot, ammo ko‘plab fuqarolar hali o‘zlarining kundalik hayotlarida bunday taraqqiyotni sezmayaptilar", — dedi Harris Shimoliy Karolinadagi nutqida.

Harris, shuningdek, AQSh Kongressini oziq-ovqat narxlari va uy-joy ijarasini sun’iy ravishda oshirishga qarshi qonun qabul qilishga chaqirdi. Bundan tashqari, agar u Oq uy rahbari etib saylansa, o‘z vakolati davomida 3 million yangi kvartira qurish tashabbusi bilan chiqish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

"Tramp millionerlar va yirik korporasiyalar uchun kurashmoqda. Men ishlaydigan va o‘rta sinf aholisining pulini qaytarish uchun kurashaman", — deya qo‘shimcha qildi u.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati