Kamala Harris AQShda o‘rta sinf aholi uchun soliqlarni kamaytirishga va’da berdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 5
- Формат: mp4
- Дата релиза: 17-08-2024, 20:06
"Amerika Qo‘shma Shtatlari iqtisodiyoti dunyodagi eng kuchli iqtisodiyot, ammo ko‘plab fuqarolar hali o‘zlarining kundalik hayotlarida bunday taraqqiyotni sezmayaptilar", — dedi Harris Shimoliy Karolinadagi nutqida.
Harris, shuningdek, AQSh Kongressini oziq-ovqat narxlari va uy-joy ijarasini sun’iy ravishda oshirishga qarshi qonun qabul qilishga chaqirdi. Bundan tashqari, agar u Oq uy rahbari etib saylansa, o‘z vakolati davomida 3 million yangi kvartira qurish tashabbusi bilan chiqish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
"Tramp millionerlar va yirik korporasiyalar uchun kurashmoqda. Men ishlaydigan va o‘rta sinf aholisining pulini qaytarish uchun kurashaman", — deya qo‘shimcha qildi u.