Ronaldu xorvatiyalik futbolchi ayolga stol tennisida yutqazdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 06:36
Krishtianu Ronaldu dunyoning eng go‘zal ayol futbolchisi sifatida tan olingan Ana Mariya Markovichga teng kelolmadi.Ehtimol, portugaliyalik yulduz o‘z muxlisasi sanalgan hurliqo xonimga atayin yutqazib bergandir, ammo bu bilan fakt o‘zgarib qolmaydi: Ana Mariya stol futbolida Krishtianuga kichik dars berdi.«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya termasining FIFA kunlaridan o‘rin olgan birinchi o‘rtoqlik o‘yinida qatnashmadi. U bu orada o‘zining personal muxlisalaridan biri - «Grassxopper» futbolchisi Ana Mariya Markovich bilan stol futboli bo‘yicha kuch sinashdi. Krish dunyoning eng chiroyli ayol futbolchisiga yon bosdimi yoki xonim chindan ham, kuchlilik qildimi, har holda, u 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Ana Mariya shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Ronaldu bilan uchrashuvini batafsil yoritdi. «Grassxopper» (Shveysariya) klubi va Xorvatiya ayollar terma jamoasining 24 yoshli hurliqo futbolchisi Krishtianu bilan bahsni o‘z orzusining ushalishi sifatida ham bayon etdi. Aytish kerak, ijtimoiy tarmoqlarda 3 milliondan ko‘p obunachiga ega Ana Mariya oldinroq portugaliyalikni chin kumiri o‘rnida ko‘rsatib, unga ochiq murojaat yo‘llagandi.

«Krishtianu, sening o‘yinlardagi aqlni shoshirib qo‘yadigan, imkonsiz tuyuladigan harakatlaringni kuzatgancha ulg‘aydim. Buyuk futbolchilarning butun bir avlodiga o‘zgacha motivasiya berganing aniq. Kimdadir sovrinlar soni senikidan ko‘pdir, kimdir hozir senga nisbatan yuqoriroq saviyadadir, bularning menga zarracha ahamiyati yo‘q. Chunki qalbimda yagona yetakchi bor - bu sen! Kichik qizaloqligimdan shunday. Abadiy minnatdorchilik. Sening doimiy 1-raqamli muxlisang».










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati