Rossiya G‘azoga 30 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami jo‘natdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 06:36
Rossiya hukumati gumanitar halokat yoqasidagi G‘azo sektoriga 27 mart kuni 29 tonnadan ortiq hajmdagi yordam paketi jo‘natdi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining bayonotida aytilishicha, maxsus reys El-Arish shahridagi Misr Qizil yarim oy jamiyati vakillariga insonparvarlik yordamining 20-partiyasini yetkazgan. Endilikda yordam paketi u yerdan G‘azoga yo‘naltiriladi.

Insonparvarlik yordami don, un, shakar va boshqa uzoq muddatli saqlash mahsulotlari hamda shaxsiy gigiyena vositalaridan iborat ekanligi aytilgan. Yuklarning aksariyati Rossiyaning Qorachoy-Cherkasiya Respublikasi rasmiylari tashabbusi bilan yig‘ilgan.

“Umumiy gumanitar missiya boshlangandan beri Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi 20 ta partiyada jami 480 tonnadan ortiq yordam yetkazib berdi”, — deyiladi rasmiylar xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ommaviy vayronagarchilik va zaruriy narsalar yetishmasligi oqibatida G‘azoda shu paytga qadar 32 400 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan, 74 800 ga yaqini yaralangan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati