Ukraina muzokaralar oldidan «jang maydonida kuchli pozisiya»ga muhtoj
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 7
- Формат: mp4
- Дата релиза: 17-08-2024, 19:02
Ukraina kuchlari 6 avgust kuni kutilmagan hujumdan beri Rossiya chegarasidagi Kursk viloyatida oldinga siljimoqda.
Kravchuk agar Ukraina Rossiya bilan muzokaralar stoliga o‘tirsa, «jang maydonida kuchli pozisiyaga ega bo‘lishi kerak» deb ta’kidlab, Kurskdagi hudud muzokaralarning bir qismi bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Kravchukning aytishicha, Ukraina rasmiylari Rossiya kuchlari Ukrainaning shimoli-sharqidagi Sumi viloyatiga Kurskdan hujum uyushtirmoqchi bo‘lganini ko‘rsatuvchi razvedka ma’lumotlarini olgan.
«Demak, armiyamizning operasiyasi asosan hududimizni daxlsiz saqlashga imkon berdi, shuning uchun bu o‘z-o‘zini himoya qilishning bir qismi», dedi u.
«Bizga bu hudud mamlakatimiz uchun kerak emas, bu bizning mintaqalarimiz Kursk viloyatidan o‘qqa tutilmasligini ta’minlash uchun olib borayotgan harbiy amaliyotimizning bir qismi», dedi u.