Turkiyaning «Po‘lat gumbazi» Isroilning «Temir gumbazi»ga qarshi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 7
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 18:46
Turkiyaning «Po‘lat gumbaz» loyihasi Isroil matbuotida keng muhokama qilinmoqda. Ushbu havo hujumidan mudofaa tizimi Isroilning mashhur «Temir gumbazi» ga raqobatchi sifatida tavsiflanadi.

Isroilning "Israel Defence" internet sayti, Turkiya tomonidan ishlab chiqilgan yangi tizim sun’iy intelekt yordamida ko‘p qatlamli himoyani o‘z ichiga oladi deb yozmoqda. Qayd etilishicha, «Po‘lat gumbaz» mavjud analoglarga nisbatan ancha ilg‘or havo mudofaa tizimi hisoblanadi.

«Tizim sun’iy intellekt bilan jihozlanadi va butun Turkiya havo hududini turli balandlik va masofalardagi qisqa va uzoq muddatli tahdidlardan himoya qilishga mo‘ljallangan», — deyiladi xabarda.

Turkiya bu tizimni kelajakda arab davlatlari va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga eksport qilish imkoniyatiga ega ekanligi ham qayd etilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati