Prezident Pezeshkian Erondagi vaziyat haqida: Xalq norozi!

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 18:16
Eron og‘ir iqtisodiy sharoitda, mamlakat xalqi norozi, dedi Eron prezidenti Masud Pezeshkian parlament yig‘ilishida so‘zlagan nutqida. Uning bayonotlaridan Anadolu iqtibos keltirmoqda.

«Bu Amerika yoki chet elliklarning emas, bizning aybimiz», dedi u.

«Mamlakat og‘ir sharoitda, xalq esa og‘ir iqtisodiy ahvolda. Iqtisodiy, ijtimoiy, ekologiya, ta’lim va madaniyat sohalaridagi adolatsizlik va nomutanosiblik barchaga ta’sir qilmoqda», — dedi prezident.

Masud Pezeshkian o‘z nutqida adolat masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi: «Hukumatning vazifasi adolatli ish tutish, ya’ni xalqni rozi qilishdir. Bu biz butun qalbimiz bilan ishonadigan printsipdir. Hech bir din, ishonch, imom, payg‘ambar hech bir inson uchun adolat chegarasidan chiqmagan. Ular dindormi yoki dinsizmi, turkmi, forsmi, arabmi, begonami yoki mahalliymi, farqi yo‘q. Butun kurash adolat uchundir».

Islom Respublikasiga qarshi tahdidlar haqida Eron prezidenti asosiysi AQSh ekanligini aytdi: «Amerika sanksiyalar kiritadi, biroq birlashsak, bu tahdidlarni bartaraf eta olamiz. Mintaqada keskinlik, urush va qon to‘kilishi kuzatilmoqda. Qo‘shnilarimiz bilan munosabatlarimiz sust, ijtimoiy kapitalimiz pasayib, ichki yaxlitligimiz zaiflashdi, hukumatning millat oldida obro‘si pasaydi. Bular bizning zaif tomonlarimizdir».

Pezeshkianning ishontirishicha, rasmiylar mamlakatda qashshoqlikni kamaytirishga harakat qilishda davom etadi. «Biz bu xalqni boshqarish uchun emas, unga xizmat qilish uchun keldik. Hokimiyat xizmat quroli bo‘lishi kerak, aks holda bu ahamiyatsiz va foydasiz», — deya qo‘shimcha qildi u.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati