Elektr energiyasidan asossiz tarzda qarzdorlik vujudga kelayotganiga munosabat bildirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 18:04
“Hududiy elektr tarmoqlari” ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasidan asossiz tarzda qarzdorlik vujudga kelayotgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Tarmoqlarda ayrim iste’molchilarda shunday holatlar kuzatilib, tuman elektr tarmoqlariga borib aniqlik kiritilganda, o‘tgan yillar mobaynida qolib ketgan qarzdorlik sifatida tushuntirilgani to‘g‘risida videoxabarlar tarqalgan.

“Avgust oyidan HET Billing dasturiy kompleksi tashkil etildi. Shu jarayonda eski tizimdan iste’molchilarning arxiv ma’lumotlarini yangi tizimga o‘tkazishda ayrim iste’molchilar shaxsiy hisobida noaniqliklar kelib chiqmoqda. Bunday noaniqliklarni kelib chiqqan hududlarda qo‘shimcha mutaxassislar ajratilgan holda masalaga oydinlik kiritish ishlari olib borilmoqda”, deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” mazkur holatga izoh berib.

Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” holat yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qiladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati