Isroil G‘azoda 115 chaqaloqni o‘ldirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 7
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 18:02
O‘lganlarning barchasi sakkiz oylikdan kichik edi.

Falastinning HAMAS harakati va Isroil o‘rtasida ziddiyat kuchayganidan beri G‘azoda jami 115 nafar go‘dak halok bo‘ldi, deya ma’lum qildi BMTning bosib olingan Falastin hududlaridagi gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi sakkiz oylikdan kichik bo‘lgan.

"Bular orasida 48 nafari (42 foiz) tug‘ilganidan so‘ng bir oy ham yashamagan", — deyiladi xabarda.

Agentlik shuningdek, G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi avvalroq 2024 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, shaxsi aniqlangan va hujjatlashtirilgan 32,280 nafar halok bo‘lganlar orasida 10,627 nafar bola, shu jumladan, 663 nafari bir yoshgacha bo‘lgan bolalar borligini ta’kidlagan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati