HAMAS Mahmud Abbos ma’muriyatining so‘nggi harakatlari haqida munosabatini e’lon qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 17:30
HAMASdan munosabat "Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan

Falastin ma’muriyatining (Mahmud Abbos boshchiligidagi hukumat) siyosatchilarni hibsga olishi, HAMASning isroil armiyasiga hujum qilishiga to‘sqinlik qilib, bosqinchi isroil rejimi bilan hamjihatlikda harakat qilishi va milliy birlikka zarba berayotgani qabul qilinishi mumkin emas.

G‘arbiy Sohildagi boshqaruvning xavfsizlik kuchlari, isroil rejimining o‘lkalarimizga qarshi davom etayotgan hujumlarida xalqimizning qarshilik ko‘rsatishiga qarshi chora ko‘rmoqda.

Bosqinchi isroilga qarshi chiqayotgan xalqimizni kuzatuvga olish, qurollarini olib qo‘yish, bosqinchilarga qarshi turish uchun tayyorlangan bombalarni yo‘q qilish, pistirmalarni fosh qilish kabi ishlari jadal davom etmoqda. Bu sionist rejim bilan hamkorlik va milliy birligimizning ildiziga zarba beruvchi qoralangan siyosatdir.

Bu «vatanparvarlik» harakatlari xavfsizlik kuchlarining xalqimizni himoya qilish va bosqinchi rejimning davom etayotgan jinoyatlaridan himoya qilishdagi vazifalariga ziddir. Biz maqsadimiz uchun muhim va tarixiy davrda, Aqso to‘foni jarayonida turibmiz.

Falastin ma’muriyati shijoatli xalqimizning eng yaxshi farzandlarini nohaq va tuhmat bilan sindirish, zulm qilish va qamoqqa tashlash siyosatini zudlik bilan to‘xtatishi kerak. Yana xalqimizning jinoyatchi sionistik rejimga nisbatan g‘azabini bostirish siyosatiga chek qo‘yishi kerak.
Falastin ma’muriyati va Fath harakatinining xavfsizlik kuchlari xalqimizga qarshi qonunbuzarliklarini to‘xtatishga, o‘rniga milliy birligimizni ta’minlash, haqlarimizni olish va ularning yerlarimizga hujumlarini bartaraf etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni ilgari surishga chaqiramiz".

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati