Rossiya tasdiqladi: Kurskda G‘arb qurollari ishlatilgan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 16:40
Rossiya tomonining ma’lum qilishicha, Ukraina qurolli kuchlari Kurskdagi ko‘prikka zarba berish uchun G‘arb raketa tizimlaridan foydalangan. Ukraina esa mamlakat markazi va janubi tomon otilgan barcha dronlarni urib tushirganini aytmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Kursk viloyatidagi Seym daryosi ustidagi ko‘prikni vayron qilish uchun Ukraina G‘arb raketa tizimlaridan foydalanganini ma’lum qildi.

«Kursk viloyatiga birinchi marta G‘arbda ishlab chiqarilgan raketa uchirgichlar, ehtimol, Amerikaning HIMARS tizimi bilan zarba berildi », — deb yozdi Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova Telegram’da.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum Glushkovo tumanidagi ko‘prikni «butunlay vayron qilgan» va mintaqadagi tinch aholiga uylarini evakuasiya qilishda yordam bergan ko‘ngillilar halok bo‘lgan.

Ukrainaning qo‘shni Kursk viloyatiga kutilmagan harbiy hujumi Moskvani hayratda qoldirgan ko‘rinadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Ukrainaning transchegaraviy bostirib kirishi Moskvaning Ukraina sharqidagi Donbas mintaqasiga hujumini to‘xtatish va kelajakda mumkin bo‘lgan tinchlik muzokaralarida ta’sir ko‘rsatish uchundir.
Ukraina Rossiyaning 14 ta dronini urib tushirganini aytdi
Ukraina havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari tungi hujumda Rossiyaning barcha 14 ta uchuvchisiz samolyotini urib tushirdi, deb xabar berdi Ukraina Harbiy-havo kuchlari shanba kuni.
Harbiy havo kuchlari Telegram’da Ukrainaning janubi va markazidagi oltita viloyatini nishonga olgan Shahed dronlari urib tushirilganini yozdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati