O‘zbekiston maymun chechagi epidemiyasiga tayyormi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 15:50
So‘nggi kunlarda dunyoda Maymunchechak bo‘yicha vaziyat tahlikali holatga kelayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu kasallikka qarshi O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Bu haqda Sanepidqo‘mita boshqarma boshlig‘i Rustamjon Ikramov ma’lumot berib o‘tdi.

— O‘zbekiston Respublikasida maymun chechagi kasalligining chetdan kirib kelishi va uni tarqalib ketishining oldini olish yuzasidan ma’lum chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Jumladan, joylardagi virusologiya laboratoriyalari qayta tayyorgarlikdan o‘tkazilyapti. Maymun chechagi kasalligini tashxislash uchun zarur bo‘ladigan diagnostika va test tizimlarini olib kelish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 2023 yilda berilgan PSR testlarini joylarga yetkazib berilyapti. Ushbu kasallikdan gumonlangan holatlarda kasallikni tashxislashni o‘tkazish yuzasidan xalqaro tajriba o‘rganilyapti. Mutaxassislarning ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha videokonferensial aloqa orqali laboratoriya xodimlari va shifokorlarning bilim-salohiyati oshirilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati