Asirga olingan yuzlab rus askarlari Ukraina qamoqxonasida saqlanmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 15:46

Amerikaning The Washington Post gazetasi «Ukraina shimoli-sharqidagi» qamoqxonadan olingan xabarni e’lon qildi. Bu yerda Kursk viloyatidagi hujum paytida Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan asirga olingan yuzlab ruslar saqlanmoqda.

Qamoqxona direktorining aytishicha, so‘nggi 10 kun ichida 320 nafar rossiyalik Ukrainadagi boshqa lagerlarga ketayotib, muassasa orqali o‘tgan. Ularning aksariyati harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar bo‘lib, atigi 20 foizga yaqini shartnoma asosida yoki boshqa safarbar qilingan askarlar ekanini aniqlaydi.

Mahbuslarning katta qismi jabrlanmagan. The Washington Post nashriga intervyu bergan bir necha yarador askarlar qo‘lga olinishdan oldin jangda qanday yaralanganliklarini tasvirlab berishdi. Biri o‘lim umidida qo‘lga tushmaslik uchun o‘z granatasi bilan o‘zini yaraladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik askarlar unga birinchi yordam ko‘rsatishgan, so‘ng uni klinikaga evakuasiya qilishgan, u yerda rentgen nurlari va jarohatlaridan parchalarni olib tashlash uchun operasiya qilingan.

Askarlar ularga yaxshi muomala qilingani va tibbiy yordam ko‘rsatilganini aytishdi. Jurnalistlar bir necha kishining qamoqxona nazoratchilari bilan hazillashayotganiga guvoh bo‘lishdi. Qizil Xoch xodimlari jurnalistlar bilan bir vaqtda mahbuslar bilan uchrashgan.

«Biz hech qanday holatda jang qilishni xohlamadik», dedi Chelyabinsklik 22 yoshli harbiy xizmatchi Nikolay. Buni kim va’da qilgani so‘ralganda, u: «Vladimir Putin», deb javob berdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati