Isroil havo hujumi: Livanda qurbonlar bor

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 15:38

Livan sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning Livan janubida uyushtirgan havo hujumida kamida 10 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘lganini ma’lum qildi. Yana besh kishi yaralangan. Hujum Nabatiya shahri yaqinidagi sanoat hududini nishonga oldi. Taxminlarga ko‘ra, qurbonlarning barchasi Suriya fuqarolari. Isroil armiyasining aytishicha, zarba Hizbullohning qurol-yarog‘ omborini nishonga olgan.

Mintaqada vaziyat keskinligicha qolmoqda. Hizbulloh iyul oyi oxirida Bayrutda o‘zining yuqori martabali qo‘mondoni Fuad Shukrning Isroil tomonidan o‘ldirilganiga javob berishga va’da berdi. Eron, shuningdek, Tehronda Xamas yetakchisi Ismoil Haniyaning Isroil tomonidan o‘ldirilgani uchun qasos olish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari, Fransiya, Misr va Qatar tomonidan keskinlikni pasaytirishga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlariga qaramay, Hizbulloh G‘azodagi sulh muzokaralari natijasidan qat’i nazar, Isroil harakatlariga javob berishga tayyorligini e’lon qildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati