• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Kursk, Bryansk va Belgoroddagi o‘zbekistonliklarga ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etildi

Kursk, Bryansk va Belgoroddagi o‘zbekistonliklarga ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 7
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 15:26
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi fuqarolarga murojaat yo‘lladi. Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi mavjud vaziyat munosabati bilan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi zarur ehtiyot choralarini ko‘rishni, o‘ta zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslikni, shuningdek, odamlarning ko‘p yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymaslik va jamoat joylariga borishni cheklashni tavsiya qiladi. Iloji bo‘lsa, ushbu hududlarda tahsil olayotgan talabalarga vaqtincha masofaviy ta’lim formatiga (onlayn) o‘tishni tavsiya qilindi.

O‘zbekiston fuqarolari konsullik yordami yoki maslahatga muhtoj bo‘lgan taqdirda, Moskvadagi elchixonaning konsullik bo‘limining koll-markaziga murojaat qilishi mumkin: +7−499−238−36−20; +7−499−230−00−76. Elektron pochta manzili: uzkorus@mail.ru.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati