Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi maxfiy muzokaralar nega to‘xtatildi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 15:14
The Washington Post gazetasining ta’kidlashicha, Ukraina va Rossiya Federasiyasi o‘rtasidagi maxfiy muzokaralar Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumi tufayli to‘xtatilgan.

Nashr diplomatik manbalardan olingan ma’lumotlarga tayanadi. Ularga ko‘ra, Ukraina va Rossiya o‘rtasida Qatar poytaxti Dohada energiya va xavfsizlik infratuzilmasiga hujumlarni o‘zaro to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar bo‘lishi kerak edi.

Qatar so‘nggi ikki oy davomida Kiyev va Moskva bilan energetika ob’ektlariga hujumlarga moratoriy qo‘yish haqidagi kelishuvni muhokama qilmoqda, deb yozadi jurnalistlar. Ba’zi delegatlar aloqalar oxir-oqibat urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga olib kelishi mumkinligiga umid qilishdi.

Ammo Qatar vositachi bo‘lgan muzokaralar Ukrainaning Kursk viloyatiga ilgarilab borishi bilan to‘xtatildi, deydi rasmiylar. Moskva delegasiyasi buni «eskalasiya» deb atadi va Kiyev Dohani hujumi haqida ogohlantirmaganini qo‘shimcha qildi.

«Rossiya muzokaralarni bekor qilmadi, ular: bizga vaqt bering, deyishdi», — deya aniqlik kiritdi nashr manbalaridan biri.

The Washington Post ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning yuqori martabali amaldorlari muzokaralarning muvaffaqiyatli bo‘lish ehtimolini turlicha baholashgan: ba’zilari muvaffaqiyat ehtimoli 20% deb hisoblashgan, boshqalari esa, hatto Kursk viloyatida operasiya amalga oshirilmagan taqdirda ham, bundan ham yomonroq istiqbollarni kutishgan.
Rossiya va Ukraina delegasiyalari Istanbuldagi muvaffaqiyatsiz muzokaralardan keyin 2022 yildan beri shaxsan uchrashmagan, deya qayd etadi nashr. Kreml va Oq uy izoh berishdan bosh tortdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati