Bosh vazir Abdulla Aripov Kobulga tashrif buyurdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 14:20
Bu haqda Tolibon Sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi. Tolibonning Sanoat va savdo vazirligi bayonotida aytilishicha, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Kobulga tashrif buyurgan.

O‘zbekiston bosh vazirining Kobulga tashrifidan maqsad O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasini ochish va «Tolibon» harakati bilan o‘tkaziladigan ikki tomonlama uchrashuvda ishtirok etish, deyiladi bayonotda.

Bosh vazirning tashrifi oldidan O‘zbekiston sarmoya, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Kobulga tashrif buyurib, Tolibon rasmiylari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Kobul va Toshkentda Tolibon-O‘zbek savdo palatalarini tashkil etish va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi, deyiladi Tolibon Sanoat va savdo vazirligi bayonotida.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati