Bayden G‘azo sektori bo‘yicha muzokara jarayonini buzmaslikka chaqirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 13:42

G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda «sezilarli taraqqiyot»ga erishildi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden Dohadagi muzokaralar natijalarini sharhlar ekan.

Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Dohadagi muzokaralar chog‘ida tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirgan va bu o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun asos bo‘lib xizmat qilishiga umid qilmoqda.

AQSh prezidenti Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad al-Tani va misrlik hamkasbi Abdulfattoh as-Sisi bilan alohida muzokaralar olib borganini, ular bilan Dohadagi ikki kunlik maslahatlashuvlar tafsilotlarini muhokama qilganini qayd etdi.

Delegasiyalar kelasi hafta Qohirada qayta to‘planadi, dedi Bayden, AQSh Davlat kotibi Antoni Blinkenni ham mintaqaga yuborganini aytdi.

AQSh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishda davom etadi, dedi prezident. «Mintaqada hech kim eksklavda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar jarayoniga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlar qilmasligi kerak», — deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati