AQSh Ukrainaning Rossiyaga «Storm Shadow» zarbalarini berishiga to‘sqinlik qilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 13:36

Qo‘shma Shtatlar Britaniyaning Ukrainaga «Storm Shadow» raketalari bilan Rossiya hududiga chuqur zarba berishiga imkon berishdan samarali tarzda to‘sqinlik qilmoqda. Buyuk Britaniya AQShga bir oydan ko‘proq vaqt oldin tegishli so‘rov yuborgan, biroq hozircha javob olmagan, deb yozadi The Times gazetasi.

Buyuk Britaniya hukumatidagi manbaga ko‘ra, bu masala AQSh tizimida «tiqilib qolgan». Boshqa manbaning gazetaga aytishicha, Storm Shadowdan foydalanish bo‘yicha munozaralar hali ham davom etmoqda. Boshqa bir manba buni Qo‘shma Shtatlar uchun «odatdagidek» deb atadi.

The Times nashrining yozishicha, Rossiyaga «Storm Shadow» raketalari bilan hujum qilishni ma’qullash uchun AQSH, Fransiya va NATOning yana bir davlatining roziligi kerak - qaysi biri aniqlanmagan. Hukumat manbasining ta’kidlashicha, Buyuk Britaniya hech qanday kechikish uchun AQShni ayblamaydi va bunday siyosat o‘zgarishlari vaqt talab etadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati