Turkiya parlamentida deputatlar mushtlashishdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 7
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 12:18

Mushtlashuv hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Alpay O‘zalan muxolifatdagi Turkiya Ishchilar partiyasi vakili Ahmet Shikning yuziga musht tushirganidan keyin boshlangani aytilmoqda. Bunga Shikning Turkiya rasmiylariga keskin tanqidi sabab bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videoda Ozalanning Shikga musht tushirgani, boshqa deputatlar bir-biriga hujum qila boshlaganida uning yerga yiqilib tushishiga sabab bo‘lganini ko‘rish mumkin. Turk matbuotiga ko‘ra, mushtlashuv taxminan 20 daqiqa davom etgan, parlament polida qon dog‘lari qolgan, biroq parlamentariylardan hech biri tibbiy yordamga murojaat qilmagan.

Ahmet Shik yozuvchi, jurnalist va Prezident Erdo‘g‘anning qattiq tanqidchisi sifatida ham tanilgan. 2016 yilda u Turkiya davlatini haqorat qilganlikda gumonlanib, hibsga olingandi. 2018 yilda u terrorizmni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblanib 7,5 yilga qamalgan, biroq sud uni ozod qilgan va o‘sha yili Turkiya parlamentiga deputat etib saylangan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati