Sobiq bosh vazirning qizi Tailandning eng yosh bosh vaziriga aylandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 8
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 11:18
“Pxia Txai” partiyasi yetakchisi va Tailand sobiq bosh vaziri Taksin Chinavaraning qizi Patongtarn Chinavara mamlakat bosh vaziri etib saylandi. Bu haqda Bangkok Post nashri xabar bermoqda.

37 yoshli Chinavara Tailandning yaqin tarixidagi eng yosh bosh vazir bo‘ldi.

Parlamentning 319 deputati uning nomzodini yoqlab ovoz berdi, 145 nafari qarshi chiqdi, 27 nafari esa betaraf qoldi. U bosh vazir lavozimiga yagona nomzod edi.

Tailand parlamentidagi 493 ta o‘rindan 314 tasi hukmron koalisiyaga ega. Shu bilan birga, ularning 141 o‘rni "Pxia Txai" partiyasiga tegishli. Bir kun avval partiya koalisiyadagilarning barchasi Chinavara nomzodini qo‘llab-quvvatlashi va unga ovoz berishini ma’lum qilgandi.

O‘tgan chorshanba kuni Tailand Konstitusiyaviy sudi Bosh vazir Setta Txaveesinni axloqiy qoidabuzarliklar tufayli lavozimidan chetlatgan va parlament yangi hukumat rahbarini tanlashi kerak degan qarorga kelgan.

Sud bunday qarorga Txaveesin 2024 yil bahorida bosh vazir Pichit Chingbanning idorasi rahbari etib tayinlangani sababli, 2008 yilda sudyaga 2 million Tailand batisi (taxminan 55 ming dollar) pora berishga urinish uchun olti oyga qamalgan edi.
Patongtarn Chinavara oilasining bosh vazir lavozimini egallagan uchinchi vakiliga aylanadi. Uning otasi 2001 yildan 2006 yilgacha, xolasi Yinglak esa 2011 yildan 2014 yilgacha xizmat qilgan.
Yangi bosh vazir 1986 yil 21 avgustda tug‘ilgan. U o‘z mamlakatidagi Chulalongkorn universitetida siyosatshunoslik, sosiologiya va antropologiya, Angliyaning Surrey universitetida xalqaro mehmonxona boshqaruvi bo‘yicha tahsil olgan. Chinavata Tailand kompaniyasi SC Asset Corporationning eng yirik aksiyadoridir.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati