Qonun talablarini buzganlik uchun 5 ta sug‘urta kompaniyasi jarimaga tortildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 8
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 10:56
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug‘urta tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan qonunchilik talablariga rioya etilishi bo‘yicha vazifa va funksiyalarini amalga oshirish doirasida 5 ta sug‘urta tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi. Bu haqda agentlik Matbuot xizmati xabar qildi.

Jumladan, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlarga rioya qilmaslik faktlari aniqlanib, ular bo‘yicha 117,5 million so‘m miqdorida jarima solindi.

Jarima sanksiyalari qo‘llanilgan sug‘urta tashkilotlari quyidagilar:

— “SEMURG INSURANCE” AJ - 45,0 mln so‘m;

— “O‘ZAGROSUG‘URTA” AJ - 22,5 mln so‘m;

— “O‘ZBEKINVEST” EISK” AJ - 22,5 mln so‘m;
— “ALSKOM SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ - 17,5 mln so‘m;
— “GLOBAL INSURANCE GROUP” AJ - 10,0 mln so‘m.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati