Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 10:06
Ma’sudjon Sulaymonov Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari etib tayinlandi.

Farg‘ona viloyati hokimining 2024 yil 15 avgustdagi qarori bilan, Sulaymonov Ma’sudjon Muminovich viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – viloyat hokimining matbuot kotibi etib tayinlandi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari viloyat hokimining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi ham hisoblanadi.

Ma’sudjon Sulaymonov 1978 yil 15 mayda Dang‘ara tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutini, 2003 yilda Farg‘ona davlat universiteti magistraturasini bitirgan. 2004 -2022 yillar O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAning Farg‘ona viloyati bo‘yicha muxbiri bo‘lib ishlagan.

2022 yildan buyon Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Filologiya fanlari nomzodi, 2020 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati