Bayden qo‘riqchilari Trampga ishlaydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 09:52
AQSh Maxfiy xizmati Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampning xavfsizligini ta’minlash uchun prezident Jo Bayden qo‘riqchilarining bir qismini yubordi.

The New York Times (NYT)ga ko‘ra, bu sobiq prezidentga iyul oyida uyushtirilgan suiqasddan keyin amalga oshirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Trampni ochiq havoda saylov mitinglari paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hujumlardan himoya qilish maqsadida zirhli oynalar ham sotib olingan.

“Jamoaning bir qismini bunday yo‘naltirish g‘ayrioddiy hodisa”, deya ta’kidlagan nashr.

Nashr suhbatdoshining fikricha, Trampga tahdidlarning kuchayishi va Baydenning sayohat jadvalining qisqarishi bu qadamni amalga oshirishga imkon bergan.

Oq uy va Tramp kampaniyasi mazkur xabarga izoh berishdan bosh tortgan.

Oq uyning sobiq rahbari yaralangan Pensilvaniya shtati Butler shahrida bo‘lib o‘tgan mitingdan beri ochiq saylovoldi tadbirlarida qatnashmayapti. 15 avgust kuni u Nyu Jersi shtatining Bedminster shahrida joylashgan shaxsiy golf klubida ochiq havoda matbuot anjumani o‘tkazgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati