Molxona qurish uchun Kattatepa arxeologik yodgorligi buzib yuborildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 06:06
Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlarini o‘tkazdi.

Ushbu tadbir doirasida Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi V – VII asrlarga oid Kattatepa arxeologik yodgorligi 876 m3 maydoni fuqaro Z.H. va boshqalar tomonidan molxona qurish uchun buzib yuborilib, yodgorlikka 23,3 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Shuningdek, Navoiy viloyatidagi Oqtepa-1 arxeologiya yodgorligining 193 m3 tuprog‘i 3 nafar fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan kovlab olinib, yodgorlikka 2,6 mlrd. so‘mlik, Badaxshontepa arxeologiya yodgorligining 164 m3 hududi ekin maydoniga aylantirilganligi natijasida 2,3 mlrd. so‘mlik, Yomonqiyottepa yodgorligining 12 m3 maydoni kovlab olingani natijasida 163 mln. so‘mlik zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati