Ukraina Rim statutini ma’qullayapti

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 09:42
Ukraina Xalqaro Jinoiy sud (XJS)ning Rim statutini ratifikasiya qilish rejasini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat parlamenti saytida e’lon qilingan xabarda aytilgan. Saytda qonun loyihasi matni keltirilmagan.

Sharhda aytilishicha, “qonun loyihasi Ukraina jinoyat kodeksi bandlarini Rim statuti me’yoriga moslashtirish, xususan genosid, bosqinchilik, insoniyatga qarshi va harbiy ko‘rinishdagi eng og‘ir xalqaro jinoyatga qo‘l urgan shaxslarni jinoiy-huquqiy ta’qib qilish”ga qaratilgan.

Ukraina mazkur hujjatni haligacha ratifikasiya qilmagan. Umuman, XJS yurisdiksiyasini tan olmagan davlatlar orasida Rossiya, AQSH, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Misr, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston, kabi yirik davlatlar ham bor. Hozirgacha Rim statutini 137 davlat imzolagan, 124 mamlakat ratifikasiya qilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati