Noqonuniy ishdan bo‘shatilgan ishchi MIB yordamida ishga tiklandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 09:12
Fuqaro J.I. "QARAQALPAQ SUW TÁMIYNATÍ" AJ Xo‘jayli tuman bo‘limida ishlab yurib joriy yilning 29-mart kuni asossiz ravishda ishdan bo‘shatilgan.

Adolatni tiklash maqsadida, fuqaro J.I. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudiga bo‘shatilgan ishiga qayta tiklab berishni so‘rab murojaat qilgan va sud uning da’vosini to‘liq qanoatlantirib, ishga tiklash haqida qaror qabul qilgan.

Ushbu qaror bo‘yicha ijro varaqaga asosan "QARAQALPAQ SUW TÁMIYNATÍ" AJning 2024-yil 29-mart kungi 241-sonli buyrug‘ini bekor qilish, da’vogar J.I.ni "QARAQALPAQ SUW TÁMIYNATÍ" AJ Xo‘jayli tuman bo‘limi nazoratchisi lavozimiga qayta tiklash belgilangan.

Shunga qaramasdan, javobgar "QARAQALPAQ SUW TÁMIYNATÍ" AJ tomonidan ushbu sud qarori ijrosi ta’minlanmagan va fuqaro J.I. ni o‘z ish o‘rniga qayta joylashtirilmagan. Shunda, fuqaro J.I. sud qaroriga asosan chiqarilgan ijro varaqani ijrosini ta’minlab berishni so‘rab, Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limiga topshirilgan va bo‘lim tomonidan 31.07.2024-yili ijro ishi qo‘zg‘atilib, ijro harakatlariga kirishilgan.

Xususan, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, fuqaro J.I. joriy yilning 09-avgust kuni "QARAQALPAQ SUW TÁMIYNATÍ" AJ direktorining 616—jq-sonli buyrug‘iga asosan o‘zining avvalgi ish o‘rniga qayta ishga tiklangan va sud qarori ijrosi amalda ta’minlangan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati