EIda maymunchechak virusi bo‘yicha tahdid darajasi oshirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-08-2024, 09:08
JSST avvalroq Afrikada virus tarqalishi uchun eng yuqori ogohlantirish darajasini e’lon qilib, epidemiyani «sog‘liqni saqlash uchun xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat» deb atagandi.

Kasalliklar oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha Yevropa markazi (ECDC) kasallanish holatlari «past»dan «o‘rtacha»gacha bo‘lgan hududlarda aholi va sayohatchilar uchun mpox virusi infeksiyasi (ilgari maymunchechak deb atalgan) xavfini oshirdi. Bu haqda 16 avgust, juma kuni Stokholmda joylashgan ECDC ma’lum qildi.

«Evropa va Afrika o‘rtasidagi yaqin aloqalar tufayli biz virusning Clade 1 shtammi bilan infeksiyaning yangi import holatlariga tayyor bo‘lishimiz kerak», deya idora boshlig‘i Pamela Rendi Vagnerning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Reuters.

Joriy yilda Afrikaning 13 davlatida jami 17 mingta mpox infeksiyasi holati qayd etildi, bu 2023 yilning shu davriga nisbatan 2,6 baravar ko‘p, deb xabar bermoqda Reuters.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati